Universitet sport majmuasida haqiqiy bahodirlar maydoni yana bir bor jonlandi. Ruhiy ko‘tarinkilik, kuch va mahorat uyg‘unlashgan kurash gilamida polvonlar o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda. 66 kg vazn toifasida bahslar ayniqsa murosasiz va tomoshabop kechdi.
Xurramov Samandar — Tibbiy profilaktika fakulteti, 302- guruh talabasi epchil harakatlari puxta taktikasi bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, vazn toifasi chempioni bo‘ldi.
Xushvaqtov Maxmud — Pediatriya fakulteti, 213-guruh talabasi oxirigacha kurash olib borib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bekbovliyev Baxddavlet — Stomatologiya fakulteti, 214- guruh talabasi qat’iyat va bardosh namunasini ko‘rsatib, uchinchi o‘rin sohibiga aylandi.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra,g‘olib va sovrindor polvonlar Talabalar ligasining keyingi bosqichiga munosib yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Mas’ul: Muhammadiyev R.O.





