“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” doirasidagi VOLEYBOL (O‘G‘IL BOLALAR) MUSOBAQASINING SARALASH BOSQICHI yakunlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida bugun haqiqiy sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va g‘alaba ishtiyoqi hukm surdi! Voleybol (o‘g‘il bolalar) musobaqasining saralash bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Maydonda talabalarning chaqqonligi, kuchi va aniqligi sinovdan o‘tdi. Тomoshabinlar esa ularning g‘ayrati va fidoyiligini olqishladi.

Maydonga tushgan jamoalar:
1-son Davolash fakulteti – Davolash fakultetiga qarshi;
2-son Davolash fakulteti – SAMPI jamoasiga qarshi;
Xalqaro fakultet –  1-Stomatologiya jamoasiga qarshi;
“Menejment” jamoasi –  1-Pediatriya jamoasiga qarshi;
Tibbiy profilaktika – Xalqaro fakultet jamoasiga qarshi;
Tibbiy pedagogika –  2-Pediatriya jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

2-Stomatologiya jamoasi esa keyingi bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

MAS’UL: Z.B.FAYZIYEV.

Tags

Leave a comment