“5 tashabbus” doirasida sport haftaligi start oldi!

2025-yil 6-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport tadbirlariga rasman start berildi!

Tadbirni fakultet dekani Salomova Feruza Ibodullayevna ochib berib, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va jismoniy faollikni oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida sportning voleybol,futbool, stol tennis musobaqalari o‘tkazilib, o‘yinlar katta hayajon va ko‘tarinki ruhda kechdi. Bu o‘yinlarda sog‘lom raqobat muhiti yaqqol sezilib turdi!

Tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar, fakultet jamoasi va talabalar faol ishtirok etishdi.

Bu tadbir yoshlarni ommaviy sportga jalb etish hamda jismoniy va ma’naviy barkamollikka erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi

“5 tashabbus” doirasida sport haftaligi start oldi!
“5 tashabbus” doirasida sport haftaligi start oldi!

Tags

Leave a comment