Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi!

Musobaqaning maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga, jismoniy faollikka hamda sport orqali do‘stlik va jamoaviylik ruhiga chorlashdan iborat bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuv natijalari:
1-o‘rin — Akromova M. (2-kurs)
2-o‘rin — Rajabova L. (2-kurs)
3-o‘rin — Saipova Valeriya (1-kurs)

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuv natijalari:
1-o‘rin — Ashurov G. (2-kurs)
2-o‘rin — Saratov S. (1-kurs)
3-o‘rin — Saipova Valeriya (1-kurs)

Musobaqalar yuqori sport kayfiyatida o‘tib, ishtirokchilar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi bosqichlarida yanada faol ishtirok etish istagini bildirishdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tennis musobaqalari bo‘lib o‘tdi!

Tags

Leave a comment