Tibbiy pedagogika, stomatologiya va pediatriya fakultetlari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish maqsadida sport musobaqalari boshlandi.

Bellashuvlar yengil atletika, tennis, futbol, voleybol va stritbol yo‘nalishlarida yuqori shijoat va jonkuyarlik bilan o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun qat’iyat, jamoaviy birdamlik va irodani namoyon etdi.
Fakultet dekani Hamrayev Abror Asrorovich ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, sport insonda intizom, sabr-toqat va g‘oliblik ruhini shakllantiradi, deya ta’kidladi.

Shuningdek, fakultetning iqtidorli talabalari ijro etgan ashula va raqslar musobaqaga yanada bayramona ruh bag‘ishlab, qatnashchilar va tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Sport va ijod uyg‘unlashgan ushbu tadbir yoshlar qalbida “Sog‘lom tengdosh – sog‘lom kelajak” shiorini yanada mustahkamlab, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantirdi.

sport musobaqalari boshlandi.

Tags

Leave a comment