Musobaqa yuqori sport kayfiyati, tezlik, kuch va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba sari qat’iyat bilan intilib, o‘zining sport mahorati va g‘ayratini namoyon etdi.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
1-o‘rin — “Yalang oyoqlar” jamoasi
(Dehqonov A., Nuritdinov A., Jo‘raboyeva M., Ro‘zimova L.)
2-o‘rin — “Мiks” jamoasi
(Sharipov A., Qosimjonov S., Yodgorova S., Jalolova M.)
3-o‘rin — “Yulduzlar” jamoasi
(Shaymardonov H., Jumaboyev A., Valijonova R., Davlatova N.)
Musobaqa davomida talabalar o‘zining chaqqonligi, bardoshi va jamoaviy ruhini namoyish etdilar. Tomoshabinlar esa har bir yugurishda hayajon va sport zavqini his etdilar.
G‘olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!
Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda yangi yutuqlar va ulkan g‘alabalar tilaymiz!
Mas’ul: E.Sh. Hamrayev:A.M.Hudoyberdiyev



