Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash fakultetida voleybol musobaqalari yakunlandi.
Mazkur musobaqalar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilib, qizlar jamoalari o‘rtasida o‘ta qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi.
O‘yinlar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — “Nastarin” jamoasi
2-o‘rin — “Barchin” jamoasi
3-o‘rin — “G‘alaba” jamoasi
Qolgan jamoalarga esa musobaqada faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirildi.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy ruhini namoyon etishdi.
Mas’ul shaxs: F.Z. Nurimova






