ToshDavtu da bugun tezlik, e’tibor va mahorat sinovdan o‘tdi! Musobaqalarining navbatdagi yo‘nalishi — stol tennisi final bosqichi yuqori darajada, sport ruhida o‘tkazildi.
Qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslar nihoyatda qizg‘in, hayajonli va kurashlarga boy bo‘ldi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor mahoratini ishga soldi, tezkorlik va aniqlik orqali o‘z ustunligini namoyon etdi.
Qizlar o‘rtasida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Kenjayeva B
F.M.TB.BTM va OMH fakulteti
2-o‘rin — Akramova M
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti
3-o‘rin — Turabboyeva G 2-son Davolash fakulteti
O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘oliblar:
1-o‘rin — Tomas R Xalqaro fakultet
2-o‘rin — Toshpulotov D 2-son Davolash fakulteti
3-o‘rin — Alimardonov G Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti
Barcha ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz!
Mas’ul: Axadov K.






