ToshDavtu sport zalida bugun g‘alaba ruhi, jamoaviy birdamlik va cheksiz shijoat hukm surdi! Qizlar o‘rtasidagi bahslar yuqori saviyada, katta hayajon va tomoshabinlar olqishlari ostida o‘tkazildi.
Maydonda har bir zarba, blok va pas ortida mehnat, iroda va jamoaviy ruh sezilib turdi. Qizlarimizning chaqqonligi, aniqligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyati barchaga motivatsiya bag‘ishladi.
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” final bosqichida eng kuchlilar o‘zaro bellashib, quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – F.M.T.B.BTM va OMH fakulteti jamoasi
2-o‘rin – 2-Pediatriya fakulteti jamoasi
3-o‘rin – 1-son Davolash fakulteti jamoasi
Musobaqaning har bir ishtirokchisi g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdi. Qizlarimizning fidoyiligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini alohida ta’kidlash joiz.
Kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yanada katta zafarlar, omad va g‘alabalar tilaymiz!
Masul: F.Z.Nurimova.


