“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” doirasidagi VOLEYBOL (O‘G‘IL BOLALAR) MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI yakunlandi!

ToshDavtu da  final bahsi barcha ishtirokchilar va tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Final o‘yini davomida jamoalar g‘alaba uchun bor mahoratini ishga soldi — har bir zarba, har bir to‘p, har bir himoya harakati keskin raqobat va cheksiz fidoyilikni namoyon etdi. Tomoshabinlar esa har bir ochkoni jo‘shqin hayqiriqlar va olqishlar bilan kutib olishdi.

FINAL NATIJALARI
1-o‘rin: Tibbiy pedagogika, Stomatologiya va Pediatriya fakultetlari jamoasi
2-o‘rin: F.M.T.B.BTM va OMH fakulteti jamoasi
3-o‘rin: 1-son Davolash fakulteti jamoasi

G‘olib jamoalar o‘zining qat’iyati, kuchi va sportga sadoqati bilan universitet voleybol tarixida yangi sahifa ochishdi. Bu g‘alaba — mehnat, birdamlik va jamoaviy ruhning yorqin ifodasidir!
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Kelgusi “Besh tashabbus olimpiadasi” shahar bosqichida  yuksak zafarlar tilaymiz!
Mas’ul: Z. B. Fayziyev

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

Tags

Leave a comment