BESH TASHABBUS OLIMPIYADASI – TOSHKENT SHAHAR BOSQICHI VOLEYBOL QIZLAR O‘RTASIDA MUSOBAQAGA START BERILDI!

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi boshlandi.

Musobaqa yuqori saviyada, sport ruhi va g‘alaba shijoatiga to‘la muhitda o‘tkazildi. Har bir zarba, har bir ochko ortida qat’iyat, g‘alabaga bo‘lgan ishonch va jamoaviy ruh mujassam edi.

Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
3-o‘rin — Toshkent davlat jahon tillari universiteti

Musobaqaning ajralmas qismi — voleybol ishqibozlari!
Ularning qizg‘in qo‘llab-quvvatlovi, cheksiz shovqin-suron va samimiy hayqiriqlari sport zaliga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Har bir ochko uchun berilgan olqishlar jamoalarga kuch va ilhom ulashdi.

Mas’ullar: Z.B.Fayziyev
F.Z.Nurimova.

BESH TASHABBUS OLIMPIYADASI – TOSHKENT SHAHAR BOSQICHI

Leave a comment