O‘zbekiston Milliy universitetida mini futbol maydonida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi boshlandi.
Musobaqa yuqori saviyada, keskin hujumlar, chiroyli kombinatsiyalar va g‘alaba uchun shiddatli kurash bilan davom etdi. Har bir gol ortida jamoaviy ruh, kuchli motivatsiya va mahorat mujassam edi.
Musobaqaning ajralmas qismi — futbol ishqibozlari!
Ularning jo‘shqin hayqiriqlari, kuchli qo‘llab-quvvatlovi va cheksiz energiyasi maydonga butunlay o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Har bir gol uchun yangragan olqishlar jamoalarga kuch va g‘alabaga ishonch ulashdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — O‘zbekiston Milliy universiteti
2-o‘rin — O’zbekiston jahon tillari universiteti
3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Mas’ullar: S.CH.Saidov



