Besh Tashabbus Olimpiadasi Respublika bosqichi yakunlandi

Besh Tashabbus Olimpiadasining Respublika bosqichi nihoyasiga yetdi. Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talaba yoshlari shahar bosqichida o‘z mahoratlarini namoyish etib, 1-o‘rinni egalladilar. Voleybol va stritbol jamoalari ajoyib o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni lol qoldirdi. Shuningdek, stol tennisida Xalqaro fakultet 3-bosqich talabasi Ritesh Tomas Allen Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat uchun talaba maxsus diplom va Sport vazirligining esdalik sovg‘asi — televizor bilan taqdirlandi.

Olimpiadadagi bu yutuqlar talabalarning intilishlari va mehnatining natijasidir. Jamoaning birligi, sportga bo‘lgan muhabbati va mehnatsevarligi ularni g‘oliblikka olib keldi. Ritesh Tomas Allenning stol tennisidagi 1-o‘rini yosh sportchilar uchun katta motivatsiya bo‘lib, kelajakda ham sport sohasida muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini oshiradi.

Маs’ul: FAYZIYEV Z.B.

Leave a comment