Toshkent davlat tibbiyot universitetida an’anaviy Talabalar ligasining universitet bosqichi o‘ziga xos shijoat va yuqori kayfiyat bilan start oldi.
Ligada alohida o‘rin tutadigan futbol musobaqalari bu yil ham yuqori saviyada, kuchli tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, jamoalarning maydondagi harakatlari, jangovor ruhi va g‘alaba uchun intilishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan sport murabbiyi Saidov S.Ch. o‘zining jiddiy yondashuvi va ulkan ishtiyoqi bilan musobaqani yanada qizg‘in qilmoqda.
Murabbiyning professional yondashuvi tufayli musobaqalar yanada qiziqarli, shiddatli va yuqori sport ruhida o‘tmoqda.
Barcha jamoalarga omad!
Yangi g‘alabalar sari dadil intilayotgan futbolchilarimizdan katta umid bildiramiz!
Mas’ul : SAIDOV S.CH.





