Xususan, voleybol, futbol hamda stol tennisi kabi ommabop sport turlari yoshlar orasida keng ommalashmoqda.
Ushbu sport mashg‘ulotlari talabalarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonidagi zo‘riqishlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanish talabalarning intizomli bo‘lishi, vaqtdan unumli foydalanishi va kelgusida o‘z kasbiy faoliyatida faol hamda bardoshli mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan bunday tashabbuslar izchil ravishda davom ettirilmoqda.
Mas’ul: FAYZIYEV Z.B.










