Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida Talabalar ligasi doirasida yigitlar o‘rtasidagi basketbol musobaqalari yuqori temp, keskin to‘qnashuvlar va tomoshabop lahzalar bilan o‘tdi. Har bir uchrashuvda kuchli raqobat, tezkor hujumlar va qat’iyatli himoya ustuvor bo‘ldi.

Ishtirok etgan jamoalar:

2-pediatriya fakulteti — 2- PED
Tibbiy profilaktika fakulteti — CAM.FAK
Stomatologiya fakulteti — STOM-1
Xalqaro fakultet — XF-1
1-pediatriya fakulteti — 1 PED
Xalqaro fakultet — XF-2

O‘yinlar jarayoni Musobaqa davomida jamoalar bir-biriga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Hal qiluvchi zarbalar, tezkor qarshi hujum jamoalarning asl ustunligini ko‘rsatdi.

Musobaqa yakunlari:
1-o‘rin — Xalqaro fakultet-2
Barqaror o‘yin va yuqori natijadorlik bilan turnir g‘olibiga aylandi.
2-o‘rin — 1 PED (1-pediatriya fakulteti)
Intizomli o‘yin va kuchli jamoaviylik orqali finalgacha yetib keldi.
3-o‘rin — XF-1 (Xalqaro fakultet)

Mas’ul: Muhammadiyev R.O‘.

Tags

Leave a comment