Toshket meditsina instituti (ToshMI) 1920 yilda tashkil etilgan. 1990-yillarda ikki institutga bo‘lindi, keyinchalik uning negizida ko’plab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari tashkil qilindi. Hozirda esa Toshkent davlat tibbiyot universiteti bo’lib faoliyat yuritmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot instituti (ToshMI) 1920 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘rta Osiyodagi birinchi yirik tibbiyot oliygohi hisoblanadi. 1990-yillarda ToshMI ikkiga bo‘lindi va keyinchalik uning negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi shakllandi.
Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich — tibbiyot fanlari doktori, professor. Hozirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimida faoliyat olib bormoqda. U ta’lim sifatini oshirish, ilmiy innovatsiyalarni joriy etish va akademiyaning filiallari faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti missiyasi — zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan, xalqaro talablarga javob beruvchi malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, ilm-fan va innovatsiyalarni sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etish, shuningdek jamiyat salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladigan ta’lim va ilmiy muhitni yaratish.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2030-yilga qadar — Markaziy Osiyoda yetakchi, global miqyosda tan olingan, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarga tayangan xalqaro darajadagi tibbiyot universiteti sifatida rivojlanishni maqsad qiladi.
Universitetning missiyasi — aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan shifokorlarni tayyorlashdir. Bu jarayon ta’lim, fan va tibbiyot sohalaridagi so‘nggi yutuqlarni birlashtirish orqali tibbiy yordam sifatini oshirish hamda aholining sog‘ligini yaxshilashga qaratilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti — moliyaviy va akademik mustaqillikka ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasidir. Universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim dasturlarini, shuningdek, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ishlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
Bizning tasavvurimiz (Our vision)
Universitet davlat tizimi, idoralar va sohalarning ajralmas qismi sifatida ularning rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash sog‘liqni saqlash tizimining amaliy bo‘g‘inlarini, shuningdek, ilmiy va pedagogik salohiyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Bu esa, bevosita aholiga ko‘rsatiladigan yuqori sifatli tibbiy xizmatni yaxshilash, sog‘lom aholining ko‘payishi va sog‘lom avlod tug‘ilishiga olib keladi hamda sog‘lom genofondni saqlashga hissa qo‘shadi.
Barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida universitet o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan va barqaror taraqqiyot uchun zarur shart-sharoitlarni yaratgan. Shu bois, universitet o‘z oldiga quyidagi qarashni (vizyoni) qo‘yadi:
“Akademik sog‘liqni saqlash va ilm-fan tizimi tamoyillariga asoslangan ilg‘or oliy o‘quv yurti bo‘lib, bu yerda sog‘liq haqidagi bilimlarni rivojlantirish va uzatish uchun professional mutaxassislar birgalikda faoliyat yuritadi. Universitetda shifokorlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning sa’y-harakatlari yagona maqsad — aholining sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish — yo‘lida birlashgan.”
Universitet qadriyatlari Odamlar (kattalar, talabalar, xodimlar) Kompetentlik (ilm-fan, ta’lim, davolash jarayoni va boshqaruvda)
Shaffoflik (jamiyat oldida ochiqlik; yangilikka ochiqlik; qaror qabul qilish jarayonining ochiqligi)
Milliy an’analar Jamoaviylik (talabalar, magistrantlar, doktorantlar va rezidentlar guruhlarida qarorlarni birgalikda qabul qilish)
Universitet qadriyatlari quyidagilardan iborat:
- sifat, mukammallik, samaradorlik, ijodkorlik va innovatsiyalar, shaxsiy va universitet mas’uliyati, ish beruvchilarning qoniqishi, akademik hamjamiyatning motivatsiyasi va rivojlanishi, jamoaviy ish, ichki va tashqi universitetlararo muloqot, mamlakat ichida hamda xalqaro miqyosda akademik, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik.
Missiya va qarashni amalga oshirish uchun universitet quyidagi asosiy vazifalarni belgilagan:
- yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, mustaqil davlat fuqarosining barkamol va sadoqatli shaxs sifatida shakllanishini ta’minlash;
- ilmiy-pedagogik xodimlar va talabalar tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat orqali fan taraqqiyotini rivojlantirish, natijalarni ta’lim jarayonida qo‘llash oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish aholiga bilim tarqatish, ularning ta’lim darajasi va madaniy saviyasini oshirish.
Fakultetlar:
- 1-Davolash fakulteti
- 2-Davolash fakulteti
- 3-Davolash fakulteti
- Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va atrof-muhit fakulteti
- Tibbiy-pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti
- Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti
Fakultetlar:
- 1-Pediatriya ishi fakulteti
- 2-Pediatriya ishi fakulteti
- Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti
- 1-Stomatologiya fakulteti
- 2-Stomatologiya fakulteti
- Xalqaro fakultet
- Malaka oshirish fakulteti
Agar siz tibbiyot sohasida eng yuqori natijaga erishish istagida yurgan bo‘lsangiz Toshkent davlat tibbiyot universiteti sizga ajoyib takliflarni beradi. Bu yerda tibbiyotdagi ilk qadamlaringizni boshlang, quyida siz nega aynan tanlashingiz uchun quyida 7 ta sababni keltiramiz. 1. Boy va qadimiy tarix, 2. Xalqaro akkreditatsiya, 3. Ta’lim dasturlari, 4. Zamonaviy kampus o‘quv binosi, 5. Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi, 6. Xalqaro aloqalar, 7. Xalqaro talabalarni qo‘llab-quvvatlash
TDТU bitiruvchilari respublika va xorijdagi klinikalarda ishlash, ilmiy izlanishlar olib borish va xalqaro rezidentura hamda magistratura dasturlarida tahsil olish imkoniyatiga ega.
Ha, darslar zamonaviy simulyatsion markazlar, raqamli texnologiyalar, telemeditsina va sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalaridan foydalanilgan holda olib boriladi.


