Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent Davlat Tibbiyot universitetida Talabalar ligasi doirasida qizlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda universitet talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va diqqatini namoyon etdilar.
Musobaqa davomida har bir ishtirokchi g‘alaba uchun intilib, qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Shaxmat orqali talabalar nafaqat o‘z bilim va mahoratini sinab ko‘rish, balki sabr, diqqat va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, shaxmat sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!





