Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan talabalar ligasi futbol musobaqasining 2-tur uchrashuvlari yanada shiddatli va murosasiz ruhda davom etmoqda!

Maydonda jamoalar o‘z mahorati, tezkorligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqini namoyish etib, muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etishmoqda!

2-tur natijalari:

SAMPI-2 — Liverpool 10:0
SAMPI-2 jamoasi ajoyib o‘yin namoyish etib, raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi!

Lapassion — Medicion 3:2
Keskin va dramatik uchrashuvda Lapassion jamoasi so‘nggi daqiqalargacha kurash olib borib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Ushbu tur o‘yinlari muxlislarga unutilmas lahzalar, kuchli hissiyotlar va chinakam futbol zavqini ulashdi!

Talabalar ligasida bahslar davom etadi… Eng qizg‘in o‘yinlar hali oldinda!

Mas’ul: SAIDOV S.CH.

Tags

Leave a comment