Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”

Toshkent davlat tibbiyot universitetida fevral oyi “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, 2026-yil 3-fevral kuni talaba-yoshlar o‘rtasida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori,
Bobomuratov Turdikul Akramovich — tibbiyot fanlari doktori, professor ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Magistraturasi tinglovchilari —
podpolkovnik Matmusayev Muzaffar Anvarjanovich, podpolkovnik Ruzibayev Rufat Abdufozilovich ishtirok etib, giyohvandlik, narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda ularni sotish va tarqatishning huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobomuratov Turdikul Akramovich tomonidan giyohvandlikning inson salomatligiga, ruhiy holatiga va jamiyat hayotiga yetkazadigan og‘ir salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritib berildi.  Tadbir davomida universitet rektorining ota-onalar va talaba-yoshlarga murojaati o‘qib eshittirildi hamda giyohvandlikka qarshi kurashishda barchaning mas’uliyati alohida ta’kidlandi.  Mavzuga oid talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyishi tadbir ta’sirchanligini oshirib, talabalarning giyohvandlikka nisbatan qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak poydevori!

Leave a comment