Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari uchun Buxoro viloyatida tadbirlar tashkil etildi. 6 fevral kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yilning eng faol talabasi – 2025” tanlovida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi:
“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” – Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich —1-son Davolash ishi fakulteti, 5-bosqich
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”-Botirova Farangiz O‘ktam qizi – 2-son Davolash fakulteti, 4-bosqich
Shuningdek, “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 2025-yil 4-mavsumida:
Izzatillayeva Yulduzxon Firuzbek qizi — 1-son davolash ishi fakulteti, 2-bos
qich 5-o‘rin
Ushbu yutuqlar Toshkent davlat tibbiyot universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va talabalarni qo‘llab-quvvatlash natijasidir.


