Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek xalqining ma’naviy va tarixiy tafakkuridagi beqiyos o‘rni, ularning adolat, mas’uliyat va komil inson g‘oyalarini o‘z asarlari hamda hayoti orqali targ‘ib etgani haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda buyuk allomalarimizning boy ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgani, ushbu merosning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritib berildi.
Tadbirda 300 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi hamda Zoom va YouTube platformalari orqali onlayn tarzda jonli efirda namoyish etildi.





