Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir ochilishida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., professor Turdiqul Akramovich Bobomurodov kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtimizning taniqli ijodkor va olimlari Muxtarama Ulug‘ova, Ashurali Jo‘rayev, Kavsar Turdiyeva, Gulandom Kurambayeva o‘zlarining mazmunli ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Tadbirda talabalar tomonidan g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, “Navoiy va Guli” monologi, “Bahru-bayt” bellashuvi, “Tanovor” va Bobur g‘azaliga raqslar, Ruboiylar ijrosi katta mahorat bilan namoyish etildi.
Ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga xizmat qildi.





