Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori T.A. Bobomurodov, fakultetlararo kengash vakillari va faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Marosim davomida ishtirokchilar ulug‘ bobomizning adabiy merosiga hurmat bajo keltirib, haykali poyiga bag‘ishlovchi gullar qo‘yildi hamda shoirning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ma’naviy ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Bu kabi vatanga, adabiyotga hurmatni ifoda etuvchi tadbirlar yoshlarda milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi va ularning ijodiy intellektual salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi.

Navoiy gul qo'yish

Leave a comment