Toshkent davlat tibbiyot universitetiga qarashli 5-sonli Talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir
Bugun buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoir va mutafakkir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi
“Boburnoma” asari va tarixiy merosi haqida suhbat o‘tkazildi
Talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli chiqishlar namoyish etildi
Yoshlarni vatanparvarlik, ilmga intilish va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi
Bobur merosi — bu nafaqat tarix, balki bugungi yoshlar uchun ham ibrat maktabidir.





