Talabalar ligasi doirasidagi futbol musobaqasining 3-tur uchrashuvlari yuqori shiddat va keskin kurashlarga boy tarzda davom etmoqda. Har bir jamoa maydonda g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, muxlislarga haqiqiy futbol shousini taqdim etmoqda.
Ushbu tur o‘yinlari natijalari ham e’tiborga molik bo‘ldi. “La Pasion” jamoasi “Predator” ustidan ishonchli 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Sampi-2” jamoasi esa murosasiz bahsda “Turon”ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 26-Mart kuni ohrigi 3-tur bolib otadi,
Medician jamoasi vs Liverool jamoasi bilan oynaydi
Resurs jamoasi esa vs Zenit jamoasi bilayn oynaydi
3-tur uchrashuvlari jamoalar o‘rtasidagi raqobat tobora kuchayib borayotganini, har bir o‘yin esa finalga teng darajada ahamiyat kasb etayotganini yana bir bor namoyon etdi. Musobaqaning keyingi turlarida ham yanada qiziqarli va murosasiz bahslar kutilmoqda.
Mas’ul: SAIDOV S.CH.





