TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA QIZLAR O‘RTASIDA «YANGI O‘ZBEKISTON TALABALAR OLIMPIYADASI» VOLEYBOL MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI .

Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi doirasida universitet fakultetlari o‘rtasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqada 12 ta fakultetdan jami 20 ta jamoa ishtirok etib, g‘alaba uchun keskin va qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi
Musobaqa doirasida 1- 2- va 3-tur saralash o‘yinlari o‘tkazilib, jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashdilar.

Saralash uchrashuvlari davomida jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar

Bunday sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda iqtidorli sportchi-talabalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Mas’ul: Z.B. Fayziyev.

Leave a comment