Musobaqada Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sport ruhini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda Toshkent davlat tibbiyot universitetidan biriktirilgan mas’ullar — Fayziyev Z.B, Xudoyberdiyev A.M, Xamrayev E.Sh hamda Razzokov A. katta mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat olib bordilar.
Musobaqa dasturi:
Ayollar uchun 100,200,400,800,1500,3000 metrga, estafeta,
100m. toʻsiqlar osha yugurish,uzunlikka va uzunlikka uch hatlab sakrash.
Erkaklar uchun 100,200,400,800,1500,3000 metrga,110 m.
toʻsiqlar osha yugurish, estafeta,uzunlikka va uzunlikka uch hatlab sakrash.
Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari ham musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijalar sari intilishlarini ko‘rsatdilar.
Mas’ul: Hamrayev E.Sh.




































