Talabalar ligasi shahar bosqichida gandbol bo‘yicha qiziqarli va shiddatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasi Aniq fanlar universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yin davomida tibbiyot universiteti jamoasi yuqori tayyorgarlik va jamoaviy uyg‘unlikni namoyish etib, 8:3 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchashuvda hujum va himoya chizig‘idagi aniq harakatlar jamoaning ustunligini ta’minladi.

Jamoani musobaqaga puxta tayyorlashda murabbiylar Besenova Ayzada va Muhammadiev Rufatning hissasi alohida e’tirofga loyiq. Ularning mehnati va jonbozligi natijasida jamoa yuqori natijaga erishdi.

Ushbu g‘alaba Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasining musobaqadagi imkoniyatlarini yanada oshirdi va kelgusi bosqichlar uchun ishonch bag‘ishladi.

Mas’ul: NURIMOVA F.Z.

Tags

Leave a comment