Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchi qizlar sport mahorati, chaqqonlik va kuchli iroda namoyish etib, tomoshabinlarga qizg‘in va murosasiz o‘yinlar taqdim etdilar.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin – F.M.TB.BTM va OHI fakulteti talabasi Musayeva K.Sh.
2-o‘rin – Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabasi Akramova M.E.
3-o‘rin – 2-Pediatriya fakulteti talabasi Najmiddinova M.Sh. ga nasib qildi.
Mazkur musobaqa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mas’ul: Z.B. Fayziyev.




