TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TALABALARI YANA BIR BOR YUKSAK NATIJANI QO‘LGA KIRITDI!

Talabalar ligasining shahar bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar voleybol terma jamoasi yuqori mahorat, jamoaviy hamjihatlik va kuchli iroda namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Musobaqa davomida jamoamiz har bir uchrashuvda keskin kurash olib borib, raqiblar ustidan ishonchli g‘alabalarga erishdi. O‘yinlar nihoyatda hayajonli, shiddatli va murosasiz kechdi. Har bir setda sportchilarning jangovar ruhi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va mukammal texnikasi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ayniqsa, final bahsi tomoshabinlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Jamoamiz a’zolari oxirgi ochkogacha kurashib, chinakam sport jasoratini ko‘rsatdi va munosib ravishda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu yuksak natija evaziga Toshkent davlat tibbiyot universiteti qizlar jamoasi «Talabalar ligasi»ning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Мas’ullar: Z.B. FAYZIYEV
F.Z.NURIMOVA.

Tags

Leave a comment