“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida futbol sport turi boʻyicha musobaqalarga tantanali ravishda start berildi.
Ushbu bellashuvlarda 300 dan ortiq talabalar faol ishtirok etib, oʻzlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va gʻalabaga boʻlgan intilishlarini namoyon etmoqdalar.
Musobaqaning tashkil etilishida 2-son davolash fakulteti mas’ul sifatida faol ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada oʻtishiga munosib hissa qoʻshmoqda.
Ushbu sport tadbiri nafaqat sogʻlom turmush tarzini targʻib etadi, balki talabalar oʻrtasida doʻstlik, birdamlik va raqobat muhitini yanada mustahkamlaydi.
Barcha ishtirokchilarga omad va yorqin gʻalabalar tilaymiz!
Mas’ul: 2-son davolash fakulteti






