Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida futbol sport turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, yakunlandi.
Mazkur bellashuvlarda universitetning 12 ta fakultetidan 19 ta jamoa shakllanib, 300 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Alpha” jamoasi
2-o‘rin — “Spesial” jamoasi
3-o‘rin — “Nihol” jamoasi
Musobaqaning yuqori saviyada o‘tkazilishida universitetning Sport bo‘limi hamda 2-son davolash fakulteti mas’ul sifatida faol ishtirok etib, tadbirni samarali tashkil etishga munosib hissa qo‘shdi.
Tadbir talaba-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylik va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Shuningdek, faol ishtirok etgan barcha talabalar hamda tyutorlarga minnatdorchilik bildiriladi.
Barcha ishtirokchilarga kelgusida yanada yorqin g‘alabalar tilaymiz!




