Talabalar ligasining shahar bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar basketbol terma jamoasi ham ajoyib natija qayd etdi!
Jamoamiz musobaqa davomida yuqori mahorat, tezkorlik va mukammal jamoaviy o‘yin namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi hamda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Basketbolchilarimiz maydonda kuchli himoya, aniq zarbalar va tezkor hujumlar orqali ustunlikni qo‘lga oldi.
Ayniqsa, final uchrashuvi haqiqiy sport bayramiga aylandi. O‘yin boshidan oxirigacha yuqori tempda kechib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Jamoamiz hal qiluvchi daqiqalarda ham o‘zini yo‘qotmay, qat’iyat bilan harakat qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu yorqin natija evaziga Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi “Talabalar ligasi”ning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Mas’ul: Muhammadiyev R.O’.





