🔺Toshkent davlat tibbiyot universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tmoqda.
⚽️ Musobaqada 20 ta jamoa hamda 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar faol ishtirok etmoqda.
🔺 Bellashuvlar yuqori kayfiyat, do‘stona muhit va murosasiz kurashlar ostida o‘tib, har bir uchrashuvda jamoalarning birdamligi, sport mahorati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
🔺 Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
Mas’ul: 2-davolash fakulteti

