Musobaqada Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sport ruhini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda O’zbekiston milliy universitetidan biriktirilgan mas’ullar — katta mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat olib bordilar.
Musobaqa dasturidan 100m yugurish, turnik, turgan joyidan uzunlikka sakrash, granata uloqtirish yo‘nalishlari o‘rin oldi. Bellashuvlar davomida sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etdilar.
Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari ham musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijalar sari intilishlarini ko‘rsatdilar.
Mas’ul: Hamrayev E.Sh.




