Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi voleybol sport musobaqalariga tantanali ravishda start berildi.
Universitetimizning o‘g‘il bolalar terma jamoasi 51 ta kuchli jamoalar ishtirok etgan musobaqada “A” guruhidan munosib o‘rin oldi. Voleybolchi yigitlar saralash, chorak final hamda yarim final bosqichlarida o‘zining yuqori mahorati, tezkor harakatlari va chiroyli kombinatsiyalari bilan barcha muxlislar e’tiborini qozondi.
Jamoamiz har bir uchrashuvda matonat va birdamlik namunasini ko‘rsatib, ToshDavTUiga yana bir bor g‘alaba shukuhini olib keldi.
Final bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti terma jamoasi Nizomiy davlat pedagogika universiteti jamoasi ustidan ishonchli g‘alaba qozonib 1-o‘rin qo‘lga kiritildi.
Universitetimiz voleybol terma jamoasiga Respublika bosqichi musobaqalarida ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Mas’ul : FAYZIYEV Z.B.






