“TALABALAR LIGASI” doirasida o‘tkazilayotgan voleybol sport musobaqalarining RESPUBLIKA BOSQICHIDA ishtirok etish uchun Toshkent davlat tibbiyot universitetining VOLEYBOL TERMA JAMOASI qadimiy va navqiron SAMARQAND shahriga yo‘l oldi!
Universitetimiz sharafini himoya qilayotgan sportchi-yoshlarimizga kuch-g‘ayrat, ulkan zafar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Maydonlarda TDTU sha’nini munosib himoya qilib, yurtimiz sport muxlislariga unutilmas o‘yinlar taqdim etishingizga ishonamiz!
BARCHA JAMOA A’ZOLARIMIZGA OMAD YOR BO‘LSIN!
G‘ALABA SARI, TDTU!
OLDINGA, CHEMPIONLAR!