Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga sayor dars tashkil etildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-son davolash fakulteti 1-kurs talabalari hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Umirzakova N.A., 1-kurs tyutori Jo’rayeva M.A. ishtirokida Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy sayor dars tashkil etilib, bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’rifiy meros bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Toshkent shahrida joylashgan muhim ilmiy va ma’rifiy maskan bo‘lib, unda islom madaniyati, tarixi va ilm-fan taraqqiyotiga oid noyob manbalar jamlangan. Markazda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar, noyob kitoblar va tarixiy eksponatlar orqali ajdodlarimizning beqiyos ilmiy merosi keng namoyish etiladi.

Ekskursiya davomida talabalar mazkur maskanning faoliyati bilan yaqindan tanishib, tarixiy manbalar asosida ilm-fan rivoji, buyuk allomalar merosi hamda ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur sayor dars talabalarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, tarixiy merosga hurmat ruhini shakllantirish hamda ularni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment