7-may – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari taqdirlandi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida raqamli texnologiyalar yo’nalishida samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida barcha sohalarda, jumladan sog’liqni saqlash tizimida ham axborot texnologiyalarini keng joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda zamonaviy IT infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universitetida ham raqamli transformatsiya yo’nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida universitet rektori Shuxrat Boymuradov boshchiligida universitetning Raqamli va axborot texnologiyalari sohasida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlari munosib taqdirlandi.

Marosimda so’zga chiqqanlar tomonidan IT sohasining tibbiyot va ta’lim tizimidagi o’rni tobora ortib borayotgani, zamonaviy texnologiyalar asosida boshqaruv, ta’lim va tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishda soha mutaxassislarining hissasi alohida e’tirof etildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment