






Tadbirda O’zbekiston temir yo’llari aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — universitetning bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatini boshlashlari uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida temir yo‘l tizimidagi tibbiyot muassasalari, xususan, temir yo‘l poliklinikalarida mavjud vakant ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida temir yo‘l poliklinikalarida faoliyat yuritish bo‘yicha maxsus prezentatsiya va taqdimotlar namoyish etilib, bitiruvchi yoshlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash, ularni amaliy tibbiyot tizimiga jalb etish hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin