
Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat drama teatri hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub “Layli va Majnun” dostoni asosida sahnalashtirilgan spektakl premyerasi tashkil etildi.Mazkur sahna asari ilohiy ishq, sadoqat va insoniy tuyg‘ularni yuksak badiiy talqinda ifoda etib, tomoshabinlarda chuqur ma’naviy taassurot uyg‘otishi bilan ahamiyatlidir.
Spektakl g‘oyasi muallifi va adabiy maslahatchisi — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sulton hisoblanadi. Asar inssenirovkasi Ikrom Iskandar tomonidan amalga oshirilgan. Sahnalashtirishning badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati Olimjon Salimovdir.
Sahna asari sahnalashtiruvchi rejissyor Asqar Xolmominov boshchiligida tayyorlangan. Shuningdek, sahnalashtiruvchi rassom Mirjalol Xoliqov, kompozitor Ayepbergen Otegenov, baletmeyster Erkin Qahhorov hamda liboslar bo‘yicha rassom Ra’no Xayriddinova spektaklning yuqori saviyada yaratilishiga munosib hissa qo‘shgan.Mazkur spektakl Toshkent davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda faol xodimlari uchun maxsus namoyish etildi.Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov Abdujalilovich hamda O‘zbekiston davlat drama teatri direktori Mansurov Sardor Saydahmedovich ishtirok etib, tadbirni ochib berdilar.Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir universitet jamoasining ma’naviy saviyasini yuksaltirish, san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!