Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bilan Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan

Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolash ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bilan Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Gastrointestinal va minimal invaziv xirurgiya bo‘limi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Adilxodjayev Asqar Anvarovich hamda Oilaviy shifokorlikda bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilhomjon Asamovich ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, attestatsiyani adolatli va shaffof tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to’xtalib o’tildi.Kelajak shifokorlarini munosib tayyorlash — ustuvor vazifamiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|X|Linkedin

Leave a comment