Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetida talaba-qizlar o‘rtasida “BALLI QIZLAR” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

12-may kuni universitetning 2-kampusida Xotin-qizlar kengashi hamda tyutorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar quyidagi 3 ta shart asosida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar:
Tanishtiruv sharti “Mening iste’dodim” (erkin mavzu) Bahoriy salat tayyorlash

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qizlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash va turli sohalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratishdir.

Tanlov yakunida faol, bilimdon va zukko ishtirokchilar fakultet Xotin-qizlar kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment