Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Vatan uchun jon fido qilganlar xotirasi — qalbimizda mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar xotirasini yod etish, ularning jasorati va fidoyiligini yosh avlodga yetkazish maqsadida o‘tkazildi. Unda uzoq yillik mehnat faoliyati va boy tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Faxriylar kengashi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Tashxodjayev Raxmatulla Hikmatovich ishtirok etdi.

Tadbir davomida ajdodlarimizning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, mardligi va buyuk xizmatlari alohida e’tirof etildi. Talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar hamda vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etilib, qahramonlarimizning fidoyiligi haqida ta’sirli fikrlar bildirildi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, tinchlikka sadoqat hamda yurt himoyachilariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida faxriylar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Qahramonlar xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi!Mas’ul tyutorlar:
Toshturdiyeva Xurshida, Xayitxodjayeva Kamola, Muratova Nigina, Sharipboyeva Gulhayo, Hakimova Nilufar

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment