Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Nomingiz dilimizda mangu yashaydi” nomli ma’naviy-ma’rifiy ochiq dars yuqori saviyada tashkil

etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga sadoqat va insoniy fazilatlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Ochiq dars davomida ustoz va talabalar tomonidan yurt ravnaqi, xalq tinchligi hamda millat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk insonlarning hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbirda ularning xalq qalbida qoldirgan boy ma’naviy merosi, ezgu ishlari hamda bugungi avlod uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, tadbirning ma’naviy ahamiyati yanada boyitildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan dars davomida yoshlarga tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash va Vatanga sadoqat ruhida yashash haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment