


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yosh parlamentariylarining birinchi forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi , Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Yoshlar akademiyasi Davolash fakulteti lideri Orifjonov Daler Rustamovich, Sog‘liqni saqlash, ekologiya va ijtimoiy xavfsizlik yo‘nalishlarida nutq so‘zlab, yoshlarning ushbu sohalardagi o‘rni va tashabbuslari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Forum ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi tashabbuslarni ilgari surish va mintaqaviy taraqqiyot yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn