Toshkent davlat tibbiyot universitetida dunyoning Top-1000 talik reytingiga kirgan nufuzli Boku davlat universiteti professori bilan akademik mobillik doirasida o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi!

Joriy yilning 6–12-may kunlari Boku davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori N.M.Muxtarova akademik mobillik doirasida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.
Professor N.M.Muxtarova ToshDavTUning Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi va 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedralarida magistrlar, yosh pedagoglar uchun pedagogik tafakkurning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan o’quv mashg’ulotlari tashkil qilindi.
Shuningdek, tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, kafedralar o‘quv jarayoniga xorijiy yetakchi olimlar, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida mehmon uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat ham tashkillashtirildi. Sayohat davomida mehmon poytaxtning tarixiy obidalari, zamonaviy infratuzilmasi va milliy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirildi.Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment