Axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 19 martida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida 3- tashabbus – axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda 4- tashabbus – yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Biotibbit muxandisligi, informatika va biofizika» kafedrasida faoliyat yuritib kelinmoqda. Kafedrada fan to‘garaklarini yuritish bilan birga 3-stomatologiya kampusida kafedra xodimlari tashabbusi bilan badiiy kitoblar o‘quv xonasi tashkil etilgan. 2026 yilning 15 may kuni 2025-2026 o‘quv yilida kafedra qoshida faoliyat olib borayotgan “Qiziqarli fizika” va “USER” to‘garaklarining yillik faoliyati sarhisob qilindi. Unda “Farmatsiya, Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muxandisligi va oliy ma’lumotli hamshira” fakulteti dekan muovuni Abzalova Nodira Akmalovna va kafedra mudiri dots.nt M.I.Bazarbayev rahbarligida kafedra xodimlari bilan birgalikda “Qiziqarli fizika” hamda “USER” fan to‘garaklarining faol ishtirokchilari qatnashdilar. Ushbu to‘garaklar 3- stomatologiya kampusida o‘z faoliyatini kafedraning katta o‘qituvchilari F.B.Nurmatova, Sh.X.Abduganiyeva hamda L.A.Fazilovalar rahbarligida olib borilib, qariyb 75 talabani qamrab olgan. Tugarak faoliyatini tashkil etish va yuritishda 3-Davolash fakulteti 2- boskich talabalari Xaydarkulova Manzura Fozilbek qizi hamda Mirkomilova Komila Murod qizi yaqindan yordam berib keldilar. To‘garaklarning 42 nafar ishtirokchisi respublika miqyosidagi fan olimpiadalari, turli xalqaro va respublika talabalar ilmiy anjumanlarida, ilmiy jurnallarda o‘zlarining ilmiy ishlari bilan ishtirok etib, sovrindor o‘rinlarni va nominatsiyalarning egalari bo‘ldilar. Yig‘ilishda M.I.Bazarbayev, Sh.X.Abduganiyevalar so‘zga chiqib, Tibbiy oliy ta’limning raqamlashgan asrdagi faoliyati, o‘qituvchilar va talabalar oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritib, to‘garak ishtirokchilarining keyingi o‘quv va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan holda, to‘garak ishtirokchisi sertifikatlari bilan taqdirladilar. Talabalardan Mirkomilova Komila, Miraxmadov Ravshanbeklar to‘garaklar ishtirokchilari nomidan minnatdorchilik so‘zlarini aytdilar. Mazkur e’tirof talabalarning keyingi ilmiy izlanishlariga yo‘l olishlariga stimul bo‘ladi degan umiddamiz.

  

Leave a comment