




Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Respublika bosqichi yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar yengil atletika, kamondan o‘q otish, velosport, estafetali yugurish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda jamoani tanishtirish shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Qarshi davlat universiteti
2-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
3-o‘rin — Termiz davlat universiteti
“Eng namunali jamoa” nominatsiyasi — Qoraqalpoq davlat universiteti
“Eng ahil jamoa” nominatsiyasi — Jizzax davlat pedagogika universiteti
G‘olib va faol jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa talaba-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylik, liderlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha ishtirok etgan jamoalarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Rasmiy sahifalarimiz: